Biz bilan bog'lanish
Murojaat yozish
Ko'p so'raladigan savollar
Hayvonlarni birma-bir kiritish shartmi?
Yo'q. «Hayvonlar» bo'limidagi «Excel'dan yuklash» tugmasi orqali butun podani bitta fayl bilan kiritasiz. Namuna shablonni o'sha yerdan yuklab oling.
Ishchilarim nimalarni ko'radi?
Siz (Bosh administrator) har bir ishchiga alohida ruxsat berasiz: Sozlamalar → Foydalanuvchilar. Masalan, ishchi faqat davolash yozuvini kiritishi, lekin moliyani ko'rmasligi mumkin.
Telefonga ilova qilib o'rnatsa bo'ladimi?
Ha. Telefoningiz brauzerida (Chrome yoki Safari) shu saytni oching → menyu → «Bosh ekranga qo'shish». Ilova kabi ochiladi.
Telegram bot nima qiladi?
Birka yozib hayvonni topasiz, davolash va emlashni telefondan kiritasiz, har kuni ertalab eslatmalar olasiz, ovozli xabar bilan ham ishlaysiz. Ulash: Profil → Telegram.
Ma'lumotlarim yo'qolib qolmaydimi?
Har kuni avtomatik zaxira nusxa olinadi. Bundan tashqari, Sozlamalar → Ma'lumotlarim bo'limida istalgan vaqtda barcha ma'lumotlarni ZIP qilib yuklab olishingiz mumkin.
Obuna muddati tugasa nima bo'ladi?
Ma'lumotlaringiz o'chmaydi. Ferma vaqtincha bloklanadi, lekin Bosh administrator barcha ma'lumotlarni yuklab olishi mumkin. To'lov qilinishi bilan ferma avvalgidek ishlaydi.
Qanday to'lanadi?
Hozircha to'lov bank o'tkazmasi yoki Click/Payme orqali qo'lda qabul qilinadi. Pastdagi forma yoki Telegram orqali yozing — rekvizitlarni yuboramiz.
Keraksiz bo'limlarni yashirsa bo'ladimi?
Ha. Sozlamalar → Bo'limlar: masalan, qoramolingiz bo'lmasa yoki yem ombori kerak bo'lmasa — o'chirib qo'ying, menyuda ko'rinmaydi.
Rus tilida ishlasa bo'ladimi?
Ha. Yuqoridagi UZ / RU tugmasi bilan tilni almashtiring. Har bir foydalanuvchi o'z tilini tanlaydi, Telegram bot ham shu tilda javob beradi.